Farğonada askarlarni kasbga öqitiş tajribasi örganildi
Oliy Majlis Senati işçi guruhi Şarqiy harbiy okrugda muddatli harbiy xizmatçilarni kasbga öqitiş va oliy taʼlimga tayyorlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişiş maqsadida Farğona viloyatida böldi.
Taşrif davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondonining mazkur yönalişdagi topşiriqlari ijrosi, askarlar uçun yaratilgan şaroitlar, kasb-hunar örgatiş va oliy taʼlimga yönaltiriş tizimi örganildi.
Şarqiy harbiy okrug boşqaruv apparatida ötkazilgan yiğilişda bu borada amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalar yuzasidan maʼlumot berildi.
Qayd etilganidek, okrugda «Bitta askar — bitta kasb» tamoyili asosida harbiy xizmatçilarning qiziqişi va qobiliyatidan kelib çiqib, turli yönalişlarda öquv guruhlari taşkil etilgan. Uç oydan olti oygaça davom etadigan maşğulotlarga texnikum öqituvçilari va malakali mutaxassislar jalb qilingan.
Şuningdek, joriy yilning iyul oyida oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarida qatnaşgan 217 nafar askarning 176 nafari 41 ta oliy taʼlim muassasasiga öqişga qabul qilingan. Ular ayni paytda harbiy xizmatni davom ettiriş bilan birga onlayn maşğulotlarda ham iştirok etmoqda.
Işçi guruh aʼzolari Farğona şahridagi 4-sonli texnikumda askarlar uçun taşkil etilgan kasb-hunar maşğulotlari bilan tanişdi.
Farğona garnizonida yölga qöyilgan tizimga köra, harbiy xizmatçilar nazariy bilimlarni harbiy qismlarda, amaliy könikmalarni esa texnikumlarda egallamoqda. Xususan, 4-sonli texnikum bilan hamkorlikda çilangarlik, tokarlik va elektr montaj yönalişlari böyiça kasbga öqitiş taşkil etilgan.
[gallery-32354]
Senat işçi guruhi aʼzolari öquv xonalari, amaliy maşğulotlar uçun yaratilgan şaroitlarni közdan keçirib, kasb-hunar kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan askarlarga sertifikatlar topşiriş marosimida iştirok etdi.
Taşrif doirasida Farğona garnizonidagi harbiy qismlardan biri ham örganildi. Işçi guruh aʼzolari bu yerda harbiy xizmatçilar va yoşlar uçun barpo etilgan öq otiş tiri faoliyati bilan tanişib, jangovar tayyorgarlik maşğulotlarini kuzatdi.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA