Çet el kompaniyasi foydasiga uskuna sotuvga çiqarildi
Ijro hujjatlari ijrosini taʼminlaş, undiruvlarni qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşiriş böyiça Majburiy ijro byurosi tomonidan tizimli işlar olib borilmoqda.
Toşkent şahar iqtisodiy sudining qaroriga asosan, qarzdor “B.K” masʼuliyati çeklangan jamiyatidan undiruvçi “D.M.T” çet el kompaniyasi foydasiga 1.8 million AQŞ dollar asosiy qarz, 80 ming AQŞ dollar foiz, 54,2 ming AQŞ dollar sud xarajatini undiriş belgilangan. Uşbu sud qarori böyiça çiqarilgan ijro hujjati Majburiy ijro byuroning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasiga kelib tuşib, ijro hujjati ijrosini taʼminlaş uçun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berildi. Sud qarorining ijrosini taʼminlamaslik oqibati tuşuntirildi.
Şunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli “B.K” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga tegişli bölgan töqimaçilik tolalarini tayyorlaş uskunasi davlat ijroçisi tomonidan tegişli tartibda xatlovga olindi. Mazkur uskuna 50.814 milliard sömga baholanib, elektron onlayn-auksion savdo maydonçasi orqali sotuvga çiqarildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri