Eng yaxshi maktab ansambllari aniqlandi
Samarqand shahridagi “Nurafshon” san’at saroyida “Iqtidor” maktab ansambllari tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman (shahar) bosqichida saralangan 16 jamoa belgilangan shartlar asosida bellashdi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 14-umumta’lim maktabining “Navo” ansambli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.


Paxtachi tumanidagi 37-umumta’lim maktabining “Dutorchi qizlar” jamoasi ikkinchi va Ishtixon tumanidagi 30-umumta’lim maktabning “Gulg‘uncha” ansambli uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA