Energetika va gaz tarmoqlaridagi katta yo‘qotishlar tanqid qilindi
Prezident raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Kelgusi o‘n yilda energetika infratuzilmasi uchun 8 milliard dollar talab etiladi.
Shu bilan birga, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish orqali daromadni oshirish bo‘yicha yetarli ish olib borilmayapti. Olti oyda elektr energiyasi yo‘qotishi 17,2 foizni yoki 4,8 milliard kilovatt-soatni tashkil qilgan.
Gaz tarmog‘idagi yo‘qotishlar 7,6 foizga, ya’ni 797 million kub metrga yetgani aytildi. Hududiy gaz tarmoqlari korxonalarida mehnat unumdorligi qo‘shni davlatlarga nisbatan 1,5-2 barobar pastligi qayd etildi.
«Franklin Templeton» tahlillariga ko‘ra, «Hududiy elektr tarmoqlari» bozor qiymatini 2 barobarga oshirish mumkin.
Shuningdek, «Uzbekistan Airways» bozor qiymatini 40 foizga, «O‘zbektelekom»nikini 50 foizga oshirish imkoniyati bor.
O‘zA