Elit OChL: "Neftchi" va "Paxtakor"ning ehtimoliy raqiblari ma’lum
Qur’a jadvalidagi A, B, C va D belgilari savatlarni emas, jamoalar joylashtiriladigan ustunlarni anglatadi.
18-avgust kuni Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirining liga bosqichiga qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston vakillari "Neftchi" va "Paxtakor"ning raqiblari aniqlanadi. Musobaqa liga bosqichi formatida o‘tkaziladi. Bu haqida xalqaro futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o'z telegram kanalida tushuntirish berdi.
Qur’a jadvalidagi A, B, C va D belgilari savatlarni emas, jamoalar joylashtiriladigan ustunlarni anglatadi. Bir savatdan joy olgan klublar o‘zaro to‘qnash kelmaydi.
"Neftchi" va "Paxtakor" qur’a natijasiga ko‘ra har bir savatdan ikkitadan raqibga ega bo‘ladi.
1-savat:
"Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni)
"Istiqlol" (Eron)
2-savat:
"Eyr-Fors" (Iroq)
"An-Nasr" (Saudiya Arabistoni)
3-savat:
"Traktor" (Eron)
"Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni)
4-savat:
"Al-Qodisiya" (Saudiya Arabistoni)
"Al-Ittihod" (Saudiya Arabistoni)
Shu tariqa, O‘zbekiston klublari Osiyoning yetakchi jamoalari qatoriga kiruvchi Saudiya Arabistoni, Eron va Iroq vakillariga qarshi maydonga tushishi mumkin.