Deklan Rays: "Saloh maydonda haqiqiy killer"
Unga qarshi o‘ynamasligimdan hatto xursandman
Angliya terma jamoasi va "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Deklan Rays "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh haqida gapirdi.
"Saloh maydondan tashqarida juda quvnoq va kamtar yigit. Biroq u maydonga tushishi bilan killerga aylanadi. U to‘p bilan harakat qilayotgan vaqt istalgan paytda to‘p darvozadan joy olishi mumkin. Men buni o‘z ko‘zlarim bilan juda ko‘p ko‘rganman va guvoh bo‘lganman. Unga qarshi o‘ynamasligimdan hatto xursandman", - dedi Rays.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh mavsum yakunlanganidan so‘ng mersisaydliklar bilan xayrlashishini e’lon qildi.