Bugun Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan "Manchester Siti" APLning navbatdagi tur o‘yinini o‘tkazadi
Jangovar tarzda o‘tishi taxmin qilinayotgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi 00:00da start oladi.
Bugun Angliya Premyer-ligasining 35-tur bellashuvlariga yakun yasaladi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan "Manchester Siti" klubi turni yakunlab beruvchi bahsda "Everton"ga qarshi maydonga tushadi. "Hill Dikkinson" stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs har ikki jamoa uchun ham muhim sanaladi. Sababi "shaharliklar"ning endi ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q va faqat g‘alaba uchun maydonga tushishga majbur. Chempionlik poygasida "Arsenal" bilan oradagi farq kattalashib ketmasligi uchun jiddiy kurashishlariga to‘g‘ri keladi. Mezbonlar esa xalqaro maydon yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Ushbu uchrashuvdagi g‘alaba ular uchun Konferensiyalar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini beradi.
Jangovar tarzda o‘tishi taxmin qilinayotgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi 00:00da start oladi.
