Davlatobodda noqonuniy qurilmalar va ruxsatsiz tashqi reklama vositalari bartaraf etilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida aholi uchun qulay, xavfsiz va obod shahar muhitini yaratish maqsadida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Ayni kunlarda tuman hokimligi tashabbusi bilan tuzilgan ishchi guruhlar ishtirokida markaziy ko‘chalarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida tegishli ruxsatnomalarsiz barpo etilgan noqonuniy qurilmalar, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari, savdo shoxobchalari va butkalar bosqichma-bosqich olib tashlanmoqda.
[gallery-30505]
Shuningdek, ayrim fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan piyodalar yo‘laklari hamda umumiy foydalanish hududlari bo‘shatilib, ularning dastlabki holati tiklanyapti. Bu esa piyodalarning erkin va xavfsiz harakatlanishi, shaharsozlik talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Mas’ullar ta’kidlashicha, barcha ishlar amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirilyapti. Shu munosabat bilan aholi va tadbirkorlarga qurilish ishlarini amalga oshirish, tashqi reklama vositalarini joylashtirish hamda davlat yerlaridan foydalanishda belgilangan tartib va talablarga qat’iy rioya etish zarurligi eslatilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA