Qo‘shko‘pirda elektr tarmoqlari yangilanmoqda
FOTOREPORTAJ
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qo‘shko‘pir tumanidagi 35/10 kVli «G‘alaba» podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli «Xosiyon» havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonda eski elektr uzatish ustunlari o‘rniga yangi temir-beton ustunlar o‘rnatilmoqda, shuningdek, elektr tarmog‘i uskunalari bosqichma-bosqich yangilanmoqda.
[gallery-30510]
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida Xosiyon, Tagalak va Ko‘nazey mahallalaridagi aholi hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning elektr ta’minotining barqarorligi va ishonchliligi yanada oshishi kutilmoqda.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA