Davlat xizmatlari sohasida ilg‘or xorijiy tajriba joriy etiladi
Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti rahbari Eldor Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa davlat boshqaruvi institutida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganmoqda.
Xizmat safari davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat ishtirokini qisqartirish, bozor mexanizmlarini rivojlantirish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi davlatlari tajribasiga alohida e’tibor qaratilayotir.
Xususan, Lyuksemburg va boshqa Yevropa davlatlarida davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish mezonlari va mexanizmlari o‘rganildi. Ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llashning uslubiy asoslari, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlatning o‘zgarib borayotgan roli, davlat tasarrufida saqlab qolinayotgan funksiyalar va buning asosiy sabablari muhokama qilindi.

Ilg‘or xalqaro tajriba asosida kelgusida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtiriladi.
N.Abduraimova, O‘zA