Chempionlar tarbiyalanayotgan dargoh
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Olot tumanidagi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati mamlakatimiz sport tizimida muhim o‘rin tutadi.
1995-yilda tashkil etilgan mazkur ta’lim maskanida dzyudo, kurash va belbog‘li kurash sport turlari bo‘yicha yosh iste’dodlar tayyorlanmoqda. Muassasa faoliyati uzoq yillar davomida unga rahbarlik qilgan sport arbobi Rustam To‘rayev nomi bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1996–2026-yillar davomida maktab-internat sportchilari xalqaro musobaqalarda 100 dan ortiq medalni qo‘lga kiritgan. Ular orasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, jahon hamda qit’a chempionatlari g‘olib va sovrindorlari bor.
Shuningdek, respublika miqyosidagi musobaqalarda ham yuzlab medallar qo‘lga kiritilgan. 2025-yilda sportchilar tomonidan 170 dan ortiq medal jamg‘arildi, qator yoshlar sport ustasi va razryad sohibiga aylandi. 20 dan ziyod sportchi milliy terma jamoaga jalb etilgan.
[gallery-28766]
Mutaxassislar ta’kidlashicha, maktab-internatda yaratilgan shart-sharoitlar va murabbiylar tajribasi yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA