Cheklovlar ortida nimalar yashirin? Nikotin bo‘yicha ochiq muhokama (+video)
Poytaxtda nikotinli muqobillarni tartibga solishga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Hyatt Regency Tashkentda tashkil etilgan tadbirda iqtisodchilar, tibbiyot sohasi vakillari, xalqaro ekspertlar va jurnalistlar ishtirok etdi.
Muhokamalarda amaldagi cheklovlarning samaradorligi, noqonuniy savdo xavfi va jamoat salomatligiga ta’siri asosiy mavzu bo‘ldi. Mutaxassislar yashirin bozor va kontrabanda sifatsiz mahsulotlar tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Tadbirda xalqaro tajribaga ham alohida e’tibor qaratildi. “Wye Are Innovation” xalqaro tashkiloti direktori chekish darajasini kamaytirishda innovatsion yondashuvlar haqida fikr bildirdi. Shuningdek, ekspertlar ayrim davlatlarda qo‘llanilayotgan tartibga solish mexanizmlarini misol sifatida keltirdi.
Mutaxassislar noqonuniy va sifatsiz mahsulotlarning inson salomatligiga ta’siri masalasiga ham alohida to‘xtaldi. Onkolog Yahyo Ziyoyev nikotinga qaramlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari maktab yoshidan boshlanishi kerakligini ta’kidladi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar O‘zbekistonda nikotinli muqobillarni tartibga solish masalalarini ekspertlar darajasida yanada chuqurroq muhokama qilish hamda soha bo‘yicha aniq tavsiya va takliflar ishlab chiqish zarurligi yuzasidan fikr bildirdi.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/r-Z0h1or4ac" title="Cheklovlar ortida nimalar yashirin? Nikotin bo`yicha ochiq muhokama " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Feruza Sultanova, Doniyor Yakubov, Salimjon Obidjonov (video), O‘zA