Buxoroda xalqaro festivalga tayyorgarlik qizg‘in
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahrida 2026-yil 15-17-may kunlari III Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkaziladi.
[gallery-29368]
Festival doirasida Ark qo‘rg‘oni, Labi hovuz va Poyi Kalon majmuasi kabi tarixiy maskanlarda ko‘rgazmalar, konsertlar, mahorat darslari va milliy liboslar namoyishi tashkil etiladi. Shuningdek, “An’anaviy zargarlik va zardo‘zlik san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, O‘zbekiston zargarlik va zardo‘zlik san’atiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti hamda “Buxoro zandanachisi: tarixi, tipologiyasi va qayta tiklash masalalari” mavzusida xalqaro simpozium o‘tkaziladi.
Tadbirda 38 davlatdan 120 nafardan ziyod xorijiy mehmon va 300 dan ko‘p mahalliy hunarmand ishtirok etishi kutilmoqda.
Tohir ISTATOV(surat)O‘zA