Bugun Farg‘onada O‘zbekiston – Rossiya hududlari kengashining III yig‘ilishi boshlanadi
5-6-oktabr kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari kengashining III yig‘ilishida ishtirok etish uchun Rossiyadan tashrif buyurayotgan delegatsiyalar a’zolari Farg‘ona xalqaro aeroportida kutib olinmoqda.
O‘zbekiston – Rossiya hududlari kengashining III yig‘ilishi yangi investitsiya va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini shakllantirib, hududlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilyapti.



Nufuzli xalqaro tadbirning asosiy anjumanlari bugun va ertaga “Farg‘ona Expo” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasi hamda IT Parkda o‘tkaziladi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA muxbiri