Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi
23-noyabr kuni Zarbdor tumanida rahbarlik lavozimiga yangi nomzod tasdiqlandi. Deputatlar Zarifjon Omonqulov nomzodini bir ovozdan maʼqulladi. U bunga qadar Zomin tumani hokimining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körib çiqildi. Unda Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyev iştirok etdi.

Sessiyada tuman hokimi lavozimiga Zarifjon Nazarquloviç Omonqulov nomzodi taqdim qilindi. U şu vaqtga qadar Zomin tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari vazifasida işlagan. Şuningdek, tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimiga rahbarlik qilgan.

Deputatlar uni Zarbdor tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi qarorni bir ovozdan tasdiqladi.
Abdujalol Qayumov, ÖzA