Bo‘zatovda aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda
FOTOREPORTAJ
Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumani tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasida “Sog‘lom turmush sari” salomatlik marafoni o‘tkazilmoqda.
Marafon doirasida aholi uchun keng qamrovli bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilgan. Respublika miqyosidagi tor soha mutaxassislari tumanga tashrif buyurib, fuqarolar salomatligini chuqur o‘rganmoqda.
[gallery-31352]
Jumladan, aholiga mammologiya, oftalmologiya, rentgen kabi yo‘nalishlarda tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Yetakchi mutaxassislar va mahalliy tibbiyot xodimlari hamkorligida o‘tkazilayotgan ko‘riklardan ko‘zlangan asosiy maqsad kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish hamda aholiga o‘z vaqtida zarur tibbiy tavsiyalar berishdan iborat.
Tekshiruv natijalari zamonaviy axborot tizimi orqali yagona elektron bazaga kiritilib, fuqarolar salomatligini kelgusida muntazam monitoring qilish imkoniyati yaratilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA