Bernardu Silva Rodrining "Real"ga kelishini istamagan
Bunga ikki futbolchi o‘rtasidagi avvalgi munosabatlar sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Rodrining "Barselona"ga o‘tishi ortida qiziqarli tafsilot paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ispaniyalik yarim himoyachining "Real" safiga kelishini madridliklarning barcha futbolchilari ham birdek istamagan.
Jurnalist Kim Domenekning "El Chiringuito de Jugones" dasturida ma’lum qilishicha, Bernardu Silva "Manchester Siti"dagi sobiq jamoadoshi bilan Madridda yana birga o‘ynash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamagan.
Bunga ikki futbolchi o‘rtasidagi avvalgi munosabatlar sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Rodri va Silva "Manchester Siti"da uzoq vaqt birga to‘p tepgan bo‘lsa-da, manbaga ko‘ra, ular o‘rtasidagi aloqalar yaxshi bo‘lmagan. Ayniqsa, Angliyadagi faoliyatlarining so‘nggi davrida vaziyat yanada keskinlashgan.
Shu bois hozirda "Real" safida o‘ynayotgan portugaliyalik yarim himoyachi Rodrining ham Madrid klubiga qo‘shilishiga ijobiy munosabat bildirmagan.
Avvalroq "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu klub Rodri transferini amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqqanini tasdiqlagan edi. Biroq ispaniyalik futbolchi yakunda "Barselona" taklifini qabul qildi va kataloniyaliklar uni allaqachon yangi futbolchi sifatida rasman tanishtirdi.
Bernardu Silva esa "Real"ga 2026-yil 17-iyun kuni kelib qo‘shilgan. Portugaliyalik futbolchining Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2028-yil yoziga qadar amal qiladi.