Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiya ishida Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan nutq so‘zladi. Mazkur tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir va kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalarga to‘xtaldi.

Jumladan, xizmatlar, investitsiya, byudjet tushumlarini ta’minlash borasida hudud bugun viloyatda eng oxirgi o‘rinlarda ekanligi qayd etildi.
Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Do‘stbekov Shuhrat Begimqulovich yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Nizomiddinov Zaynilobiddin Shahobiddinovich nomzodini tavsiya qildi.
Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tuman hokimi etib tasdiqlandi.
A.Musayev, O‘zA