AYOQSHlarda 3,75 trillion so‘mlik savdo tushumi qayd etildi
Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida bir oyda 19,3 milliondan ortiq tranzaksiya amalga oshirilgan.
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, 2026-yil iyul oyida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSH) jami 3,75 trillion so‘mlik savdo tushumi qayd etildi.
Oy davomida AYOQSHlarda kunlik savdo tushumi o‘rtacha 121 milliard so‘mni tashkil qilgan. Kunlar kesimida tushumlar hajmida ayrim o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, umumiy ko‘rsatkich barqaror saqlangan.
Iyul oyida mamlakatdagi AYOQSHlarda jami 19 million 317 ming 5 ta tranzaksiya amalga oshirilgan. Bu bir kunda o‘rtacha 623 129 ta tranzaksiyaga to‘g‘ri keladi. To‘lovlar tarkibida bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar asosiy ulushni tashkil etgan. Xususan, 90,5 foiz — 109,6 milliard so‘m bank kartalari orqali, 6,6 foiz — 7,9 milliard so‘m moment kartalari orqali, 2,9 foiz — 3,5 milliard so‘m yoqilg‘i kartalari orqali amalga oshirilgan.
Keltirilgan raqamlar AYOQSHlarda savdo operatsiyalarining asosiy qismi bank kartalari orqali amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA