Aydarko‘lning maftunkor manzarasi
FOTOREPORTAJ
Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida, Qizilqum cho‘li bag‘rida joylashgan Aydarko‘l mamlakatimizning eng yirik suv havzalaridan biri hamda ekoturizmning jozibador maskanlaridan sanaladi.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, ko‘lning umumiy maydoni qariyb 3 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Uzunligi 160 kilometrga yaqin bo‘lgan suv havzasining ayrim joylarida kengligi 30 kilometrdan oshadi. O‘rtacha chuqurligi 10–12 metrni tashkil etsa, eng chuqur nuqtalarida bu ko‘rsatkich 30 metrgacha yetadi.
Aydarko‘l 1969-yilda Chordara suv omboridan ortiqcha suvlarning Arnasoy botig‘iga yo‘naltirilishi natijasida shakllangan. Bugungi kunda u nafaqat muhim ekologik hudud, balki mahalliy va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etayotgan tabiiy maskan hisoblanadi.
[gallery-29970]
Tiniq suvi, boy bioxilma-xilligi, Nurota tog‘lari fonida namoyon bo‘luvchi go‘zal manzaralari, shuningdek, suv qushlari va baliqchilik hayoti Aydarko‘lning o‘ziga xos tabiiy jozibasini namoyon etadi.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA