Avtomobil yo‘llarida qishki qarov ishlari tunu kun nazoratda
FOTOREPORTAJ
Ayni kunlarda respublikamizning barcha hududlarida anomal sovuq ob-havo kuzatilib, zaminimiz qalin qor bilan qoplandi. Tabiiyki, havoning keskin o‘zgarishi avtomobil yo‘llarda ham bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu alohida qarov ishlarini talab etadi. Yo‘lsozlik sohasida bu jarayonga muhim e’tibor qaratilmoqda.
Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan ham qarov nazoratini tizimli tashkil etish, ob-havoning noqulayliklariga qaramay yo‘llarda harakat xavfsizligini sifatli va tezkor tartibda ta’minlash borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda.
Boshqarma nazorati ostida barcha hududiy bo‘linmalar viloyat hududidagi barcha umumfoydalanuv yo‘llarni maxsus texnikalar yordamida qordan tozalamoqda. Shuningdek, muzlamalarga qarshi qum-tuz aralashmasi sepish ishlari davomli amalga oshirilayotir.
[gallery-10237]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA