Armanistonda parlament saylovi natijaci e’lon qilindi
Bir hafta oldin Armanistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovi natijaci rasman e’lon qilindi. Yakuniy sessiya oldidan Yerevandagi Markaziy caylov komissiyasi (MSK) yaqinida xavfsizlik chorasi kuchaytirildi.
Ertalabdan muxolif kuchlar o‘z tarafdorlarini MSK yonida to‘planishga chaqirib, ovoz berish natijasiga norozilik bildirish, saylovni haqiqiy emas, deb e’lon qilish talabini ilgari surdi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ba’zi muxolif partiyalar vakillari belgilangan chegaraga yeta olmagan.
Xullas, Bosh vazir Nikol Pashinyanning 49,7 foiz ovoz to‘plagan “Fuqaroviy shartnoma” partiyasi g‘alaba qozondi va mustaqil ravishda hukumat tuzadigan bo‘ldi.

“Kuchli Armaniston” (23,2 foiz) va Armaniston (9,9 foizi) guruhlari ham parlamentga kirdi. “Gullab-yashnayotgan Armaniston” partiyasi 3,983 foiz ovoz olib, zarur 4 foizlik to‘siqdan o‘ta olmadi.
S.Rahimov, O‘zA