Andijon markaziy dehqon bozorida to‘kinchilik muhiti
FOTOREPORTAJ
Andijon shahridagi Markaziy dehqon bozorida erta tongdan savdo qizg‘in. Bu yerda mahalliy fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridorlarga keng turda taklif etilmoqda.
Ayniqsa, yoz fasliga xos qovun, tarvuz, uzum, shaftoli, olma, pomidor, bodring hamda boshqa mavsumiy mahsulotlarga talab yuqori. Iste’molchilar sifatli va yangi hosilni bevosita ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatiga ega.
[gallery-30750]
Bozor hududida savdo-sotiqni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish hamda xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Savdo rastalari tartibli joylashtirilgan, hududda ozodalik ta’minlangan.
Shuningdek, bozorda arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari ham tashkil etilgan. Ularda aholi kundalik iste’molidagi mahsulotlar maqbul narxlarda sotuvga chiqarilib, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Markaziy dehqon bozoridagi fayzli muhit, mahsulotlar serobligi va xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar vohada qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi hamda bozorlar infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ifodasidir.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA