Amir Temur muzey-yodgorlik majmuasi barpo etiladi
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Amir Temur muzey-yodgorlik majmuasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Majmua buyuk sarkardaning hayoti va merosini keng targ‘ib qilish, shuningdek, hududning sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Loyihaga ko‘ra majmuaning markazida Amir Temur xaykali o‘rnatiladi. Uning atrofida zamonaviy bog‘, muzey, kutubxona, madrasa, mehmonxona, hunarmandchilik va zargarlik do‘konlari, milliy taomlar maskani, istirohat bog‘lari, favvoralar hamda tarixiy uslubdagi bosh kirish arkasi barpo etiladi.
Mazkur majmua aholi, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun tarixiy-ma’rifiy va turistik maskanga aylanib, milliy merosni targ‘ib qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Yakkabog‘ tumanining turistik jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
O‘zA