Aloqa muzeyida “O‘zbekkosmos” ekspozitsiyasi ochildi
Cheksiz fazo va u bilan bog‘liq voqealarga qiziquvchilar uchun Toshkent shahridagi Aloqa tarixi muzeyida “O‘zbekkosmos” agentligi tashabbusi bilan maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.
Unda kosmosga qo‘yilgan ilk qadamlar, bu borada olib borilgan ilmiy ishlar, mazkur sohaning rivoji, xususan, O‘zbekistonning kosmik tadqiqotlari va texnologiyalari borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishish mumkin.


Shuningdek, ekspozitsiyadan 1976 yilda oy sayyorasi sathini o‘rganish uchun uchirilgan va oy tuprog‘ining namunasini olib tushgan “Luna ─ 24” avtomatik kosmik stansiyasining 3 barobar kichraytirilgan maketi ham joy olgan.
N.Rahmonova,
O‘zA