“Aichi-Nagoya-2026”: Sport gimnastikachilarimiz finalga yo‘l oldi
Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining sport gimnastikasi bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi. Unda O‘zbekiston vakillari bir qator yo‘nalishlarda munosib natijalar qayd etib, final bosqichiga yo‘l oldi.
Xususan, dastakli ot dasturida Ravshan Komiljonov va O‘tkirbek Jo‘rayev finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Qo‘shpoya bahslarida esa Rasuljon Abdurahimov saralash bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazib, hal qiluvchi bosqichga yo‘l oldi.
Shu tariqa, sport gimnastikasi bo‘yicha terma jamoamizning uch nafar vakili Osiyo o‘yinlarining final bahslarida medallar uchun kurash olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev,
Sarvar O‘rmonov (surat) Yaponiya,
O‘zA