Aholi soni o‘syapti. Gender tenglik–chi?
So‘nggi raqam. 2026-yil boshida Farg‘ona viloyatida aholi soni 4 million 223 ming nafarga yetdi. Bu 2025-yilning shu kuniga nisbatan 1,9 foizga ko‘p. Ya’ni, o‘tgan 2025-yilda viloyatda 98,3 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ammo ularning 50,7 ming nafari o‘g‘il bolalar. Aniqroq aytsak o‘g‘il bolalar tug‘ilishi qizlarga nisbatan 3,1 ming nafarga ko‘pdir. Shunday qilib, tug‘ilishda tabiiy ravishda gender tengligi buzildi.
Yana bir raqamga e’tibor qiling. Viloyatda o‘tgan yili 18,7 ming kishi vafot etgan bo‘lib, uning atigi 8,5 minggi ayollar. Ya’ni, bir yilda ayollarga nisbatan 2,2 nafar erkak ko‘proq vafot etgan.
Shunday qilib, viloyatdagi o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilgani bilan, ayni choqda erkaklar o‘limi ham ayollarga nisbatan 10,1 foizga ortiq ekan.
Erkaklarni asrang, deyilsa to‘g‘ri bo‘larmikan?
Muhammadjon Obidov, O‘zA