O‘zbekiston Jahon bankining ayollar iqtisodiy huquqlari bo‘yicha indeksida 43-o‘ringa ko‘tarildi
Jahon banki tomonidan har yili e’lon qilinadigan “Ayollar, biznes va qonun” indeksi 190 mamlakatda qonunlar, ularning ijrosi va siyosat ayollarning iqtisodiy imkoniyatlariga qanday ta’sir qilishini 100 ballik ko‘rsatkichda o‘lchab, global tahlil qiladi.
2026-yil chiqqan hisobotga ko‘ra O‘zbekistonda quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.
Avvalo bir xil mehnat uchun teng ish haqi majburiy qilib belgilandi.
Ayollarga sanoat va xavfli sohalarda ishlash imkoniyati ochildi;
Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi yangi jinoiy javobgarlik joriy etildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi ijtimoiy siyosat laboratoriyasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoda 43-o‘rinda e’tirof etildi. Ya’ni Singapur, Turkiya va BAA bilan bir qatorda hamda Markaziy Osiyodagi ilg‘or davlatlardan biri sifatida ko‘rsatildi.
A.RUSTAMOV,
O‘zA