Chortoqda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha yirik loyiha amalga oshirilmoqda
Namangan viloyati Chortoq tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, Arbag‘ish mahallasidan tuman markazigacha bo‘lgan 52 kilometr masofada yangi ichimlik suvi tarmog‘i barpo etilmoqda.
Qiymati 300 milliard so‘m bo‘lgan loyiha xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilyapti. Ayni paytda ob’ektda qurilish-montaj ishlari, jumladan, hududlar bo‘ylab suv quvurlarini yotqizish jarayonlari davom etmoqda.
[gallery-31879]
Loyiha to‘liq yakunlangach, tuman markazidagi minglab xonadonlarning ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish ko‘zda tutilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA