Buxoroda davlat stipendiyalari uchun talabgorlar test sinovlarida qatnashdi
Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun tanlovning respublika bosqichi doirasida maxsus test sinovlari o‘tkazildi.
2026/2027 o‘quv yili uchun tashkil etilgan tanlov doirasida bakalavriat va magistratura bosqichi talabgorlari Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosida test topshirdi.
Sinovlar davomida talabgorlarning O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy til bo‘yicha bilimlari baholandi. Unda jami 71 nafar talabgor ishtirok etdi.
[gallery-31870]
Ishtirokchilarga 100 ta test topshirig‘ini bajarish va javoblar varaqasini to‘ldirish uchun 3 soat 20 daqiqa vaqt ajratildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA