23-oktabr: kunning muhim yangiliklari qisqa xabarlarda (+video)
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda e’lon qilingan muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti haqida lavha.
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi.
• Yo‘l qurilishida 31,36 milliard so‘mlik sifatsiz ishlar aniqlandi.
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni “Eldridge Industries” kompaniyasi hammuassisi, raisi va bosh ijrochi direktori Todd Boelini qabul qildi.
• Majburiy ijro byurosi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida marhumning merosxo‘rlari foydasiga 685 million so‘m sug‘urta to‘lovi undirilishi ta’minlandi.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA