18,8 mingdan ortiq kiberjinoyatga aloqador bank kartalari bloklangan (+video)
2026-yilning birinchi yarim yilligida IIV va Markaziy bank hamkorligidagi maxsus tizim orqali 29 trln so‘m mablag‘ning noqonuniy ravishda chetga chiqib ketishining oldi olingan.
Shuningdek, jinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklangan. Hisobot davrida 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan, yana 4 011 ta jinoyat tashabbus asosida aniqlangan. Kiberjinoyatlar oqibatida 13 mingdan ortiq fuqaroga yetkazilgan qariyb 120,5 mlrd so‘m miqdoridagi zarar qaytarilgan. Ma’lumot uchun, 2026-yil vazirlik tizimida "Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yili" deb e’lon qilingan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JeTgTXRAOjY" title="18,8 mingdan ortiq kiberjinoyatga aloqador bank kartalari bloklangan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA