180 million so‘m oldindan to‘landi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan javobgar R.D.dan uning sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar aliment undirish belgilandi.
Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida javobgar Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limiga kelib, farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirgan. Uning to‘lashi lozim bo‘lgan aliment puli hisoblab chiqilganda jami 180 million so‘mni tashkil etgan.
Shundan so‘ng, undiruvchi Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi kelib, farzandlari uchun hisoblab chiqilgan aliment pullarini javobgardan to‘lig‘i bilan olganligi sababli ijro ishini tugatib berish haqida iltimosnoma berdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.