9 oylik yakunlari bo‘yicha Yashnobod tumanidagi jinoyatchilik holati o‘rganildi
Bugungi kunda jamiyatda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash va oilalar mustahkamligini asrash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Yashnobod tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirish maqsadida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan Yashnobod tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida 2026-yilning 9 oylik yakunlari bo‘yicha hududdagi jinoyatchilik holati, uning kelib chiqish sabablari hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oylar davomida davomida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jami 642 ta jinoyat qayd etilgan. «Aviasozlar», «Arg‘in» va «Jarqo‘rg‘on» mahallalari ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, tadbirda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Profilaktik tadbirlar davomida fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
G. Boboyeva,O‘zA