Zulxumor serdaromad ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi (+video)
Qurut organizm uchun juda foydali bo‘lib, u oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, suyak hamda tishlarni mustahkamlaydi, immunitetni ko‘taradi va tanaga ko‘plab kerakli vitamin hamda minerallarni yetkazib beradi.
Qurut ishlab chiqarish - mamlakatimiz ichki bozorida talab yuqori va kam xarajat bilan boshlasa bo‘ladigan daromadli va istiqbolli biznes yo‘nalishi.
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Shodlik mahallasida yashovchi Zulxumor Oripova yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zining muvaffaqiyatli biznesini yo‘lga qo‘ydi.
Jumladan, u 100 million so‘m imtiyozli kredit olib qurut ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Hozirda kuniga 100 kg. xaridorgir mahsulot ishlab chiqarmoqda. Bu shunchaki oilaviy daromad manbai emas, balki harakat bor joyda, baraka borligiga yorqin misoldir.
Qurut nafaqat kundalik iste’mol, balki xorijdagi vatandoshlar va turistlar uchun ham sevimli mahsulot hisoblanadi.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/GNIKEnsN8H4?si=2vdJ3DFykoL1oZ3R" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Iskandar Ismatov (montaj),
O‘zA