“Jadidlar izidan” tanlovi viloyat bosqiçi ğoliblari aniqlandi
Navbahor tumanidagi “Kelajak markazi”da umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilari örtasida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining Navoiy viloyat bosqiçi yakunlandi.
Tanlovda 6-8-sinf hamda 9-10-sinf öquvçilari özaro bellaşdilar. Unda öquvçilar “Boşqotirma”, “Asar tahlili” va “Inşo” şartlari böyiça öz bilim, dunyoqaraş hamda ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga köra, 6-8-sinf öquvçilari örtasida 1-örinni Zarafşon şahridagi 3-maktab öquvçisi Dilşodbek Muxtorov, 9-10-sinf öquvçilari örtasida esa Nurota tumanidagi 11-maktab öquvçisi Zarnigor Zoyirova egalladi va tanlovning respublika bosqiçida iştirok etadigan böldi.

Tanlovning ğolib va sovrindorlari, şuningdek, faol iştirokçilar diplom hamda taşakkurnomalar, şuningdek, qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri