Yoş rahbar kadrlar uçun öquv treningi
“Özmilliybank” AJda kadrlar zaxirasini tayyorlaş böyiça navbatdagi trening bölib ötdi.
Zamonaviy bank-moliya tizimida raqobatbardoşlikni taʼminlaş va mijozlarga xizmat körsatiş sifatini yangibosqiçga olib çiqiş, avvalo, yuqori malakali va taşabbuskor boşqaruv kadrlari salohiyatiga bevosita boğliq. Bugungi şiddatli islohotlar davrida har bir rahbardan nafaqat çuqur moliyaviy bilim, balki zamonaviy menejment könikmalari, strategik fikrlaş va jamoani umumiy maqsad sari yetaklay oliş qobiliyati talab etilmoqda. Ana şu ehtiyojdan kelib çiqib, tizimda istiqbolli mutaxassislarni maqsadli tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, “Özmilliybank” AJ Öquv markazida “Bank xizmatlari markazlari rahbarlari va boş buxgalterlarini tayyorlaş kursi” mavzusida navbatdagi ikki kunlik trening taşkil etildi. Mazkur öquv maşğulotlari bankning 2025 –2027-yillarga möljallangan rivojlaniş strategiyasini izçil amalga oşiriş doirasida Xodimlar bilan işlaş departamenti taşabbusi bilan ötkazildi.
Treningda Farğona, Sirdaryo, Buxoro,Navoiy, Xorazm, Samarqand va Toşkent viloyatlaridan hududiy tarmoqning kadrlar zaxirasiga kiritilgan 10 nafar istiqbolli xodim iştirok etdi.
Öquv dasturi zamonaviy bank boşqaruvining eng muhim yönalişlari — yetakçilik, jamoani samarali boşqariş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş, moliyaviy hisob, komplayens-nazorat hamda mijozlar ehtiyojiga yönaltirilgan yondaşuv kabi dolzarb masalalarni qamrab oldi. Amaliy maşğulotlar davomida iş jarayonida uçraydigan real vaziyatlar (keyslar) çuqur tahlil qilinib, hududlar vakillari örtasida özaro tajriba almaşildi. Şuningdek, boşqaruv vazifalarini tezkor va samarali hal etiş vositalari örganildi.
Seminar doirasida iştirokçilar Bankning yangi moliyaviy mahsulotlariga oid bilimlarini yanada boyitdilar hamda 2026-yilning ön oylik faoliyati yakunlari va erişilgan asosiy körsatkiçlar bilan yaqindan tanişdilar. Qolaversa, mutaxassislarga individual rivojlaniş rejalarini tuziş va zamonaviy raqamli platforma — SAP Workzone tizimida samarali işlaş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.
Maşğulotlar Bankning yetakçi tuzilmalari — xodimlar bilan işlaş, kiçik va örta biznes, buxgalteriya hisobi va moliyaviy monitoring, xizmat körsatiş va sotuvlarni taşkiletiş, korporativ mijozlar va investitsiyalar departamentlari hamda komplayens nazorati blokining tajribali vakillari tomonidan olib borildi.
Xulosa örnida taʼkidlaş joizki bukabi tizimli öquv tadbirlari nafaqat xodimlarning kasbiy va boşqaruv kompetensiyalarini yuksaltirişga, balki Bank tizimida soğlom kadrlar vorisligini taʼminlaşga xizmat qiladi. Zaxiradagi yoş va salohiyatli mutaxassislarning puxta tayyorgarlikdan ötişi kelgusida hududiy bank xizmatlari markazlari faoliyati samaradorligini yanada oşiriş va aholiga körsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini yangi poğonaga kötarişda mustahkam zamin yaratadi.
“Özmilliybank”AJ
Matbuotxizmati