Ziyoli böliş — jamiyat va oila oldidagi masʼuliyat
Har bir jamiyatning maʼnaviy qiyofasi, tafakkur darajasi va kelajakka intilişida ziyolilarning örni alohida. Çunki mamlakat taraqqiyoti faqat iqtisodiy imkoniyatlar, zamonaviy texnologiyalar yoki bunyod etilayotgan inşootlar bilan emas, balki insonlarning bilim saviyasi, dunyoqaraşi, maʼnaviy qaraşlari va yaratuvçanlik salohiyati bilan ham belgilanadi. Bu fazilatlarni şakllantiriş va jamiyat hayotiga tatbiq etişda esa ziyolilar öz bilimi, tajribasi va hayotiy qaraşlari bilan muhim örin tutadi.
Aslida, ziyolilik faqat oliy maʼlumot, ilmiy daraja yoki muayyan kasb egasi böliş bilan belgilanmaydi. Haqiqiy ziyoli — bilimni hayot bilan boğlay oladigan, voqea-hodisalarga mustaqil va xolis baho beradigan, jamiyatdagi muammolarga befarq qaramaydigan inson. Uning qadri egallagan unvoni yoki mavqei bilangina emas, balki bilimi, tafakkuri va amaliy faoliyati bilan atrofidagilarga qanday naf keltirayotgani bilan ham ölçanadi.
Ziyoli — jamiyatning maʼnaviy yölboşçisi
Bugun axborot oqimi nihoyatda tezlaşgan, turli qaraşlar va ğoyalar insonlar ongiga taʼsir körsatayotgan bir şaroitda ziyolilarning jamiyat oldidagi masʼuliyati yanada ortmoqda. Çunki bugun odamlarga şunçaki maʼlumot berişning özi kifoya emas. Ularni olingan axborotni töğri anglaş, tahlil qiliş, işonçli manbani ajratiş va mustaqil xulosa çiqarişga örgatiş ham muhim.
Ayniqsa, yoş avlodning dunyoqaraşi şakllanayotgan davrda ziyolilarning sözi va şaxsiy namunasi katta ahamiyatga ega. Öqituvçi bilim beriş bilan birga öquvçida izlanişga qiziqiş uyğotadi, olim ilmiy haqiqatni izlaşga undaydi, şifokor inson hayoti va salomatligiga masʼuliyat bilan munosabatda böliş namunasini körsatadi, ijodkor esa jamiyatning maʼnaviy olamini boyitadi. Demak, har bir sohadagi ziyoli öz kasbiy vazifasidan taşqari, jamiyatning intellektual va maʼnaviy yuksalişiga ham hissa qöşadi.
Bunday taʼsir faqat maʼruzalar, kitoblar yoki rasmiy tadbirlar bilan çeklanmaydi. Odamlar ziyolining kundalik hayotdagi munosabati, muomalasi, adolatga yondaşuvi va öz işiga sadoqatiga ham qaraydi. Şu maʼnoda, şaxsiy ibrat har qanday daʼvatdan taʼsirçanroq bölişi mumkin. Sözi bilan amali bir, haqiqatni hurmat qiladigan, boşqalarning fikrini tinglaydigan va masʼuliyatdan qoçmaydigan insongina jamiyatda haqiqiy işonç qozonadi.
Ziyolilikning ilk maktabi — oila
Insonning dunyoqaraşi, maʼnaviy qaraşlari va hayotga munosabati, avvalo, oilada şakllanadi. Şu bois ziyolining oiladagi örni uning jamiyatdagi faoliyatidan kam ahamiyatga ega emas. Zero, öz bilimi, madaniyati va hayotiy tajribasi bilan boşqalarga örnak bölayotgan inson, eng avvalo, öz xonadonida ham şu fazilatlarni namoyon etişi kerak.
Farzandga kitob öqişni tavsiya qilişdan köra, ota-onaning özi mutolaa qilişi, odob-axloq haqida gapirişdan köra, kundalik hayotda hurmat va masʼuliyat körsatişi köproq samara beradi. Oilada kattalarning kitobga, ilmga, mehnatga va insonlarga bölgan munosabati bolaning kelajakdagi qaraşlariga bevosita taʼsir qiladi.
Bugun bu masalaning yana bir muhim jihati bor. Raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar farzandlar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Endi ularni faqat axborotdan çeklaş emas, balki olingan maʼlumotni tahlil qiliş, işonçli manbani ajratiş, yolğon xabarlar va turli manipulyatsiyalarga berilmaslikka örgatiş zarur. Bu borada ziyoli ota-onalarning masʼuliyati katta. Çunki zamonaviy tarbiya bolaga tayyor fikrlarni singdirişdan emas, balki uning mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantirişdan boşlanadi.
Oiladagi yana bir muhim vazifa — avlodlar örtasidagi maʼnaviy boğliqlikni saqlaşdir. Bobo-buvilarning hayotiy tajribasi, ota-onaning mehnat va masʼuliyatga munosabati, farzandlarning zamonaviy bilim va qaraşlari özaro uyğunlaşgandagina soğlom oilaviy muhit şakllanadi. Ziyoli inson ana şu jarayonda anʼana va zamonaviylikni bir-biriga zid qöymasdan, ularning özaro boğliqligini tuşuntira olişi lozim.
Ijtimoiy masʼuliyat — ziyolilikning muhim mezoni
Haqiqiy ziyoli jamiyatdagi jarayonlarni çetdan kuzatuvçi emas, balki ularga öz bilimi va imkoniyati doirasida hissa qöşuvçi faol inson bölişi kerak. U mahallasidagi, hududidagi yoki öz sohasidagi muammolarni körib turib, befarq qolmaydi. Zarur örinda mutaxassis sifatida fikr bildiradi, asosli takliflar beradi, odamlarni ezgu taşabbuslar atrofida birlaştiradi.
Bunda tanqidiy fikrning ham örni bor. Ziyolining vazifasi har qanday holatni maʼqullaş yoki faqat kamçiliklarni sanaşdan iborat emas. U muammoning sabablarini tahlil qilişi, xolis xulosa çiqarişi va uning yeçimiga xizmat qiladigan takliflarni ilgari surişi muhim. Çunki jamiyat taraqqiyoti uçun fikrlar xilma-xilligi, oçiq muhokama va asosli mulohazalar zarur.
Ziyolilarning ijtimoiy masʼuliyati, ayniqsa, yoşlarni qöllab-quvvatlaş, iqtidorli bolalarni kaşf etiş, ilm va kasb-hunarga qiziqişni oşiriş, kitobxonlik muhitini kengaytiriş kabi yönalişlarda yaqqol namoyon böladi. Har bir mutaxassis öz tajribasini yoşlar bilan bölişişi, ularga yöl-yöriq körsatişi, salohiyatini röyobga çiqarişga kömaklaşişi mumkin. Baʼzan birgina samimiy suhbat, örinli maslahat yoki qöllab-quvvatlangan taşabbus yoş insonning kelajakdagi tanloviga jiddiy taʼsir körsatadi.
Şuningdek, ziyolilar mahalla va taʼlim muassasalari, oila va jamoat taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşda ham faol bölişi zarur. Çunki tarbiya, maʼrifat va ijtimoiy muhit bilan boğliq masalalarni birgina taşkilot yoki soha doirasida hal etib bölmaydi. Buning uçun turli yönalişdagi mutaxassislar, faol fuqarolar va keng jamoatçilikning birgalikdagi harakati kerak.
Milliy qadriyat va zamonaviy tafakkur uyğunligi
Bugungi ziyolidan milliy özlikni anglaş va zamonaviy dunyodagi özgarişlarni töğri baholaş qobiliyati ham talab etiladi. Globallaşuv şaroitida til, tarix, madaniyat va maʼnaviy merosni asraş bilan birga, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar yutuqlarini özlaştiriş ham muhim. Bu ikki yönaliş bir-biriga zid emas, aksinça, bir-birini töldiradi.
Milliy qadriyatlarni saqlaş ularni faqat ötmiş xotirasi sifatida eʼzozlaş emas, balki bugungi hayotimizdagi ahamiyatini anglaş va kelajak avlodga yetkazişdir. Ona tiliga hurmat, kitobxonlik, mehnatsevarlik, kattalarga ehtirom, kiçiklarga izzat, halollik va bağrikenglik kabi fazilatlar har bir davrda öz qadrini saqlaydi. Ziyolilarning vazifasi esa ana şu qadriyatlarni zamonaviy bilim va tafakkur bilan uyğun holda namoyon etişdir.
Şu maʼnoda, bugun mamlakatimizda «Yangi Özbekiston ziyolilari — milliy yuksaliş tayançi» ğoyasi atrofida ötkazilayotgan muloqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Turli soha vakillarining bir maydonda jamlanişi, jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni muhokama qilişi va amaliy takliflar işlab çiqişi ziyolilar salohiyatini umumiy taraqqiyot maqsadlariga yönaltiriş uçun muhim imkoniyatdir. Eng muhimi, bunday uçraşuvlarda bildirilgan fikrlar aniq taşabbus va natijalarga aylanişi, ziyolilar bilan davlat va jamiyat örtasidagi muloqot izçil davom etişi lozim.
Taraqqiyot masʼuliyatli tafakkurdan boşlanadi
Mamlakatning intellektual salohiyati faqat olimlar yoki oliy taʼlim muassasalari bilan belgilanmaydi. U öqituvçi, şifokor, muhandis, jurnalist, tadbirkor, sanʼatkor va boşqa kasb egalarining bilimi, madaniyati va ijtimoiy faolligida ham namoyon böladi. Har bir inson öz sohasida masʼuliyat bilan işlasa, bilim va tajribasini boşqalar bilan bölişsa, jamiyatning umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan böladi.
Şu bois ziyolilikni muayyan toifaga mansublik emas, balki yuksak maʼnaviy mezon va hayot tarzi sifatida anglaş zarur. Bunda insonning öz oilasi, kasbi, mahallasi va Vatani oldidagi burçi bir-biridan ajralmaydi. Oiladagi ibrat jamiyatdagi munosabatlarga, jamiyatdagi maʼrifiy muhit esa kelajak avlodning dunyoqaraşiga taʼsir körsatadi.
Zero, millatning yuksalişi faqat qança bino qurilgani, qanday texnologiyalar özlaştirilgani yoki iqtisodiy körsatkiçlar qay darajada ösgani bilan emas, balki insonlarning qanday fikrlaşi, qanday qadriyatlarga tayanişi va jamiyat oldidagi masʼuliyatini qay darajada his etişi bilan ham belgilanadi. Şu maʼnoda, ziyolining eng katta xizmati — öz bilimi bilan insonlarga yöl körsatiş, şaxsiy namunasi bilan işonç uyğotiş va jamiyatning maʼnaviy-intellektual yuksalişiga hissa qöşişdir.
Lola MIRALIYEVA,
Demokratik jarayonlarni
tahlil qiliş markazi eksperti.