Ömon kompaniyalari bilan sanoat va logistika sohalarida hamkorlik kengaytiriladi
Mamlakatlar örtasidagi şeriklik mavjud iqtisodiy salohiyatni birlaştiriş, investitsiyaviy imkoniyatlardan samarali foydalaniş hamda yangi bozorlarga çiqiş uçun mustahkam zamin yaratadi.
Ömon Sultonligining Masqat şahrida Özbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov mazkur mamlakatning yirik kompaniyalari, investitsiya fondlari hamda moliya institutlari rahbarlari bilan uçraşuv va muzokaralar ötkazdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maʼlumotiga köra, muloqotlarda ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati, mavjud imkoniyatlari va özaro manfaatli hamkorlik yönalişlari atrofliça muhokama qilindi.
Uçraşuvda elektrotexnika, energetika, kimyo va toğ-kon sanoati, quriliş, qişloq xöjaligi hamda raqamli texnologiyalar sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş, Ömon kapitalini Özbekistondagi developerlik va turizm loyihalariga jalb etiş masalalari körib çiqildi. Moliyaviy hamkorlikni kengaytiriş, investitsiyaviy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş va işbilarmon doiralar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşildi.
Muzokaralar yakunida logistika markazlari tarmoğini kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasini yölga qöyiş, eksport hajmini oşiriş hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini ilgari suriş böyiça kelişuvlarga erişildi.
M.HOJIAKBAROVA,
ÖzA