Zilzila to‘lqini Germaniyaga ham yetib bordi
Germaniyaning Baden-Vyurtemberg va Raynland-Pfals mintaqalari chegarasida kunning ikkinchi yarmida magnitudasi 3,3-3,4 ga teng yer silkinishi qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i 88 000 kishi istiqomat qiladigan Vorms shahri yaqinida, 20 kilometr aylana kesimi hududida joylashgan. Hodisa Janubiy Gessen yeri Lampertxaym shahrida ham sezilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu tabiiy ofat mintaqada 1952-yil yuz bergan 4,7 magnitudali yer silkinishidan keyin kuzatilgan eng kuchli seysmik hodisa. Shahar markazidagi binolar bir necha soniya tebranib turgan. Juda ko‘p odam tashvishga tushib, politsiya va qutqaruv xizmatiga murojaat qilgan. Ayrimlar binoga biror og‘ir jism kelib urilganini ham taxmin qilgan.
Politsiya va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari aytishicha, huquq-tartibot tizimida hozirgacha hech qanday talafot yoki vayrongarchilik qayd etilmagan, shahar ko‘chalarida vaziyat barqaror qolmoqda.
Yer silkinishi haqida aholiga favqulodda ogohlantirish ilovalari orqali ham ma’lumot berilgan. Geologiya xizmati hodisani “kuchsiz zilzila” sifatida baholadi. Ob-havoshunoslar qayd etishicha, GFRda kuchsiz tebranish tez-tez sodir bo‘ladi. Faqat yuqori magnituda aniqlansa yoki silkinish o‘chog‘i yer yuzasiga juda yaqin bo‘lgan taqdirdagina holat insonlarga seziladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA