Texnologiya aksiyasi qulagandan söng AQŞ fond bozori fyuçersi tiklanmoqda
Ötgan hafta sunʼiy intellekt sohasi bilan boğliq texnologiya va mitti çip işlab çiqaruvçi kompaniyalar aksiyasi keskin arzonlaşgandan söng duşanba kuni AQŞ fond bozori fyuçersi qiymati ösa boşladi.
Fyuçers investorga aksiya va fond indeksining kelajakdagi narxi böyiça oldindan savdo qiliş imkonini beruvçi moliyaviy şartnomadir.
Hozir Osiyo hukumati fond bozoridagi beqarorlikni jilovlaşga urinmoqda. Sarmoyadorlar sunʼiy intellekt uçun maʼlumot markazlari qurişga qarz hisobidan yönaltirilgan ulkan mablağ kutilgan darajada tez foyda keltirişiga şubha bilan qarayotgani bozordagi tuşkun kayfiyatni yanada kuçaytirmoqda. Ötgan hafta "Nasdaq" indeksi 10 foiz tuşib, 2020-yil mart oyidan buyon eng yirik haftalik pasayiş körsatkiçini qayd etdi. Çip işlab çiqaruvçi kompaniyalar uluşi yuqori Tayvan fond bozori esa 1990-yildan beri eng keskin pasayişga uçradi.
Duşanba kuni Osiyo savdosida "Nasdaq" 100 fyuçersi 3 foiz, S&P 500 fyuçersi esa 2 foiz kötarildi. Hukumat kömagida Tayvan aksiyasi ham 2 foiz ösdi. Janubiy Koreyaning KOSPI indeksi 10 oylik eng past körsatkiçdan biroz tiklangan bölsa-da, savdoni taxminan 2,5 foiz pasayiş bilan yakunladi. Beqarorlikka javoban Janubiy Koreya moliya vaziri zarurat tuğilganda bozorni qöllab-quvvatlaş çorasi körilişini bildirdi. Tayvan moliyaviy regulyatori aksiyani qisqa muddatli sotiş qoidasini kuçaytirdi, Xitoy esa fond bozorini qöllab-quvvatlaş maqsadida marjinal moliyalaştiriş talabini yumşatdi. Sidneydagi “Wilson Asset Management” kompaniyasi portfel strategiyasi böyiça mutaxassis Demiyen Boui fikriça, ötgan hafta AQŞ bozorida uç savdo sessiyasi davomida kuçli vahima hukm surgan.
Hozirça investorlarda bozor tez orada barqarorlaşişiga yetarli işonç yöq. Mutaxassis taʼkidlaşiça, markaziy banklar siyosatida özgariş bölmasa, sarmoyadorlar işonçini tiklaş muşkul keçadi. Şu bois bozordagi noaniqlik saqlanib turibdi. Duşanba kuni Yaponiya birjasi bayram munosabati bilan yopildi. Gonkong va Xitoy fond bozori ham sönggi oylar uçun eng past darajaga tuşdi. Juma kuni keskin qimmatlagan xavfsiz aktiv – obligatsiya va AQŞ dollari esa mavqeini deyarli saqlab qoldi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA