Zelenskiyning Rossiya osmoni haqidagi ogohlantirishiga Putindan javob (+video)
1-sentabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya havo hududi tobora xavfli bo‘lib borayotganini aytdi. «Bugun Rossiya havo hududidan foydalanayotgan har bir aviakompaniyani, har bir sug‘urta kompaniyasini va Rossiyaning asosiy aeroportlaridan hali ham foydalanayotgan barcha tomonlarni ogohlantirmoqchimiz: Rossiya osmoni tobora xavfli bo‘lib bormoqda», — dedi Zelenskiy. Bu haqda VVS nashri xabar berdi.
Zelenskiyning aytishicha, Rossiya osmonida dronlar paydo bo‘lishi mumkin va aviakompaniyalar bunga tayyor turishi kerak.
«Rossiya hukumati bu haqda yetarlicha ma’lumot bermayotgan bo‘lsa-da, amalda Rossiya havo hududi yopilib boradi. Rossiya boshlagan urush uning osmonini ham xavfli qilib qo‘ymoqda», — dedi Ukraina prezidenti.
Putin Zelenskiyning bu bayonotiga Bishkekda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitidan keyin jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, munosabat bildirdi va Zelenskiyning bu bayonotini terrorizmga da’vat, deb baholadi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti frontdagi vaziyat haqida o‘z qarashlarini bildirdi va Rossiyada yangi safarbarlik boshlanishi haqidagi xabarlarni asossiz mish-mish deb atadi. Bu bayonotlar Putin urushni yanada kuchaytirishga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlar tarqalayotgan bir paytda yangradi.
Ukraina haqiqatan ham Rossiya havo hududidagi parvozlarni to‘xtatishi mumkinmi?
BBC nashrining rus xizmati harbiy sharhlovchisi Pavel Aksenovning fikricha, Zelenskiyning Rossiya fuqaro aviatsiyasi uchun havo hududini xavfli deb e’lon qilish haqidagi ogohlantirishi jiddiy asosga ega.
Ukraina Qurolli kuchlarida Rossiya aeroportlari faoliyatini dronlar orqali vaqtincha to‘xtatish imkoniyati bor. Buning uchun samolyotlar yoki aeroportlarni bevosita nishonga olish shart emas. Agaraeroport yaqinida Ukraina droni paydo bo‘lsa, parvozlar xavfsizlik nuqtai nazaridan to‘xtatilishi mumkin. Bunday holatda Rossiyada «Kover» rejimi joriy etiladi, ya’ni barcha parvozlar to‘xtatiladi, havoda bo‘lgan samolyotlar esa hududni tark etishi kerak bo‘ladi.
Ukrainaning uzoq masofaga ucha oladigan dronlari soni ortib bormoqda. Shuning uchun bunday operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlari ham kengaymoqda.
Zelenskiy o‘z bayonotida Ukraina fuqaro aviatsiyasining o‘ziga yoki biror fuqaro samolyotiga hujum qilishni maqsad qilmayotganini alohida ta’kidladi. Ammo bunday taktika baribir jiddiy xavf tug‘diradi. Sababi dronlar va yo‘lovchi samolyotlarining bir havo hududidaharakatlanishi, hatto ular bir-biridan uzoq bo‘lsa ham, baxtsiz hodisa xavfinioshiradi. Xavf esa turli bosqichlarda — dispetcherlar, uchuvchilar yoki havomudofaasi tizimlaridagi xatolar tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Zelenskiyning bayonoti Rossiya tomonidan urushning so‘nggi kunlarda keskin kuchaytirilishiga javob sifatida yangradi. Rossiya Kiyevga bir necha kundan beri kuchli hujumlar uyushtirmoqda. Bu hujumlar esa Ukraina dronlarining savdo kemalari, neft sanoati ob’ektlari va yirik marketpleyslarning omborlariga bergan zarbalaridan keyin kuchaydi.
Rossiyaning TASS agentligi Uitkoff va Kushner orqali muzokaralar bo‘yicha sa’y-harakatlar yana faollashtirilishi mumkinligini xabar qildi. Putin ham ushbu ikki vakil bilan ishlash Rossiya uchun qulay ekanini aytgan. Shuningdek, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff Rossiyaga tashrifidan xabaringiz bor. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u Putin bilan ham uchrashishi kerak bo‘lgan. Ammo tashrifning asosiy maqsadi Moskvadan urushni tezroq yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishishni so‘rash ekani ma’lum bo‘lgach, Putin uchrashuvni bekor qilgan.
Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA