Zamonaviy va innovatsion ta’lim maskani
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi NIS AI maktabi joriy o‘quv yili boshida faoliyat boshlagan. Ushbu maktabning asosiy maqsadi – yosh avlodni sun’iy intellekt, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro bilimlarni o‘zlashtirgan global yetakchilar qilib tarbiyalashdir.
[gallery-28213]
Maktabda sun’iy intellekt (AI), kiberxavfsizlik va IT texnologiyalari, robototexnika va muhandislik, matematika va mantiqiy fikrlash, ingliz, xitoy va rus tillari, tadbirkorlik va biznes tafakkuri, liderlik va shaxsiy rivojlanish, kreativlik va innovatsion fikrlash yo‘nalishlarida ta’lim berilmoqda.
Ta’kidlash kerak, qisqa vaqt ichida maktab o‘quvchilari 100 dan ortiq til va fan sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Bu yilgi bitiruvchilardan 5 nafari dunyoning top 100 talik universitetlariga grant yutdi. 11-sinf o‘quvchilarining deyarli barchasi muddatidan oldin talaba bo‘ldi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA