Zamonaviy beshkurashchilar Misrga yo‘l oldi
Joriy yilning 13-19 sentyabr kunlari Misrning Aleksandriya shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha 17-19 yoshli sportchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Kecha mazkur nufuzli musobaqada ilk bor ishtirok etishi kutilayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Misrga yo‘l oldi.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida keltirilishicha, terma jamoamiz a’zolari jahon birinchiligi boshlangunga qadar Misrda o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA