Zamon bilan hamnafas ustoz
Ustozlik – yuksak martaba. Uning maqomi yetiştirgan şogirdlari, eng yuksak mukofoti esa ularning erişgan muvaffaqiyatlari bilan belgilanadi.
Öqituvçilik kasbi haqida söz ketganda, har xil taʼriflarni keltiramiz. Maşaqqatli, ammo şarafli kasb deymiz. Bu kasbning orqasidan oila tebratiş osonmas, deymiz. Eng muhimi, bu kasb haqiqatan ham şarafli kasb. Zero, har qaysi inson öqituvçining qölida savod çiqaradi, taʼlim-tarbiya oladi. Ularning kelajagimiz vorislariga berayotgan taʼlim-tarbiyasi esa yurt taqdirini belgilab beradi.

Bir vaqtlar qadr topmagan bu kasb keyingi yillarda tom maʼnoda qadrlanmoqda. Taʼlim tizimida mehnat qilib kelayotgan pedagoglarimizning faoliyatiga katta eʼtibor qaratilib, har tomonlama qöllab-quvvatlanyapti.
Mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan isloh qiliş, uni xalqaro talablar darajasiga kötariş, yoş avlodga zamonaviy bilim va mustahkam hayotiy könikmalar beriş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Bugun taʼlim islohotlarining haqiqiy samarasi zamonaviy maktablar, yangi dasturlar va ilğor texnologiyalar bilangina emas, balki ularni hayotga tatbiq etayotgan fidoyi, bilimli va taşabbuskor pedagoglar mehnati bilan belgilanmoqda. Taʼlim sohasida 24 yillik mehnat stajiga ega pedagog Gauxar Yekubova ana şunday ustozlardan biri.
Gauxar Yekubova Navoiy viloyatining olis Tomdi tumanidagi 13-maktabda öquvçilarga qozoq tili va adabiyoti fanidan saboq berib kelmoqda. U öquvçilarga faqat dars ötiş bilan çeklanmaydi. U öquvçilar qalbida bilimga muhabbat uyğotiş, bilan birga ularni mustaqil fikrlaşga örgatiş, iqtidorini kaşf etiş va kelajakka işonç bilan qadam qöyişga kömaklaşmoqda.

Keyingi yillarda taʼlim jarayoniga öqitişning ilğor metodlarini tatbiq etiş, yangi pedagogik texnologiyalar asosida hamkasblari bilan tajriba almaşiş, öquv-uslubiy tavsiyalar işlab çiqiş, namunaviy dars işlanmalari va elektron taqdimot materiallarini tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
G.Yekubova ham boşqa hamkasblari kabi 2025-2026 öquv yilida taşkil etilgan “Kasbiy rivojlaniş kuni” va “Kasbiy rivojlaniş soati” tadbirlarida tajribali öqituvçi sifatida iştirok etib, özining boy pedagogik tajribasini hamkasblari bilan örtoqlaşib kelmoqda.
Albatta, pedagog mehnatining haqiqiy bahosi, eng avvalo, uning şogirdlari erişgan yutuq bilan ölçanadi. Ayniqsa, fan olimpiadalarida qölga kiritilgan ğalabalar öqituvçining bilim beriş mahorati, izlanişlari va öquvçilar bilan olib borgan tizimli işlarining amaliy natijasidir.
Bugungi kunda ustozning öquvçilari qozoq tili va adabiyoti fani böyiça olimpiadalarda qator yutuqlarni qölga kiritmoqda. Jumladan, 2024-2025 öquv yilida Moldir Jalgasbayeva va Diana Tursimuratova asosiy fan olimpiadasining tuman va viloyat bosqiçlarida faxrli birinçi va ikkinçi örinlarni qölga kiritdi. 2025-2026 öquv yilida esa olimpiadaning IV Respublika bosqiçida Moldir faxrli birinçi örinni, Diana esa faxrli ikkinçi örinni egalladi.
Tinimsiz mehnat va örgatilgan bilim öz natijasini berişi isbot talab qilinmaydigan haqiqat. Fan olimpiadalarida yuqori natijaga erişiş bir kunlik mehnat mahsuli emas. Buning ortida muntazam tayyorgarlik, individual yondaşuv, qöşimça maşğulotlar, öquvçining bilim darajasini çuqur tahlil qiliş va unda ğalabaga bölgan işonçni şakllantiriş kabi omillar mavjud.

Bugun Moldir Jalgasbayeva Özbekiston Milliy universitetida, Diana Tursimuratova esa Navoiy davlat universitetida taʼlim olişni davom ettirmoqda. Albatta, şogirdlarining nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgani ustoz uçun eng katta quvonç va mehnatining munosib natijasidir.
Ustoz faqat qozoq tili va adabiyoti fani bilan çeklanib qolmayapti. Uning şogirdlari özbek tili fanidan ham olimpiadalarda iştirok etib, natijalarni qölga kiritmoqda.
Gauxar Yekubova jamoa orasida faqat öquvçilari fan olimpiadalarida yuqori natijalarni qölga kiritadigan ustoz sifatida emas, balki taşabbuskorligi, talabçanligi, adolatli munosabati, yangilikka intilişi va kasbiga sadoqati bilan ham hurmat qozongan sanoqli ustozlardan biridir.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri