Pedagogning ruhiy holati bolalar kamolotining garovidir
Bugungi kunda maktabgaça taʼlim tizimida bolalarning bilim va könikmalarini rivojlantirişda pedagoglarning kasbiy mahorati bilan bir qatorda, ruhiy barqarorligi, hissiy holati va bolalar bilan soğlom muloqot örnata olişi ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Zero, tarbiyaçining kayfiyati, bolalarga munosabati va kundalik faoliyatidagi ruhiy muvozanati taʼlim-tarbiya jarayoniga bevosita taʼsir körsatadi. Kasbiy faoliyat davomida yuzaga keladigan stress, hissiy zöriqiş va çarçoqning oldini oliş esa pedagogning öz salomatligini asraşi bilan birga, bolalar uçun xavfsiz, samimiy va qöllab-quvvatlovçi muhit yaratiş imkonini beradi.

Ana şu jihatlarni inobatga olgan holda, Toşkent viloyatida maktabgaça taʼlim taşkilotlari pedagoglarini psixologik qöllab-quvvatlaşga qaratilgan uç kunlik “Muvozanat” treninglari boşlandi. Unda 400 nafardan ortiq tarbiyaçi va psixolog iştirok etmoqda.
Amaliy maşğulotlarda iştirokçilar kasbiy faoliyatda ruhiy barqarorlikni saqlaş, stressni boşqariş, hissiy çarçaşning oldini oliş va murakkab vaziyatlarda özini tutiş usullarini örganmoqda. Maşğulotlar nazariy bilimlar bilan çeklanib qolmay, kundalik iş jarayonida qöllaş mumkin bölgan amaliy könikmalarni şakllantirişga ham yönaltirilgan.

Dasturdan hissiy intellektni rivojlantiriş, öz his-tuyğularini boşqariş könikmalarini mustahkamlaş, kasbiy rağbatni oşiriş hamda jamoada soğlom va döstona iş muhitini şakllantirişga qaratilgan maşğulotlar ham örin olgan.
Treninglarda bolalar uçun xavfsiz va soğlom psixologik muhit yaratiş masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, taʼlim-tarbiya jarayonida hissiy va jismoniy zöravonlikning oldini oliş, ular bilan samimiy va işonçli munosabat örnatiş masalalari muhokama qilinmoqda.

Uç kunlik dastur davomida tarbiyaçi va psixologlar egallagan bilim hamda könikmalarini kundalik faoliyatida qöllaş, taʼlim-tarbiya jarayonida soğlom psixologik muhitni mustahkamlaş imkoniyatiga ega böladi.
Öquv-seminarlar 12-noyabrga qadar davom etadi.
A.Musayev,ÖzA