Zakovatda ham bilim, ham jamoaviy hamjihatlik sinovdan o‘tdi
Zakovat faqat savol-javob o‘yini emas. U insonning bilim darajasi, tez fikrlashi va jamoa bilan bir maqsad yo‘lida ishlay olish qobiliyatini ham namoyon etadi. Ana shunday intellektual bellashuv Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida ham o‘tkazildi.
Tanlovda vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlardan tuzilgan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqaning asosiy maqsadi xodimlarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va intellektual muhitni yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Qiziqarli kechgan bahslar yakuniy natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasiga, 3-o‘rin — Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Nigora Rahmonova,
O‘zA