Qabul: akademik litsey, magistratura va texnikumlarga 200 mingdan ortiq ariza kelib tushdi
2026/2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari jadal davom etmoqda. Abituriyentlar akademik litseylar, magistratura hamda texnikumlarga hujjatlarni onlayn tarzda topshirishda davom etmoqda.
6-iyul soat 09:20 holati qabul statistikasiga ko‘ra, uchta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 199 ming 977 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Akademik litseylarga 2026/2027 o‘quv yili uchun 42 ming 742 ta ariza kelib tushgan.
Magistratura bosqichiga hujjat qabul qilish davom etmoqda. Ayni paytga qadar 9 ming 881 ta ariza qabul qilingan. 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul bo‘yicha esa 147 ming 354 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, barcha ta’lim bosqichlariga hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinmoqda. Abituriyentlar belgilangan muddatlarda hujjatlarini elektron tarzda topshirishlari mumkin.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA