«Yuventus» Alissonni keyingi yozda erkin agent sifatida olishni rejalashtirmoqda
Braziliyalik darvozabonni jamoaga olib kelishni «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spaletti shaxsan istamoqda.
«Liverpul» darvozaboni Alisson Bekker «Yuventus» qiziqish doirasida qolmoqda.
Turin klubi braziliyalik darvozabonni bu yozda o‘z safiga qo‘sha olmadi. Biroq «Yuventus» futbolchini kelasi yili transfer qilishga umid qilmoqda. SportMediaset xabariga ko‘ra, «keksa sinyora» 2026/27-yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng Alissonni erkin agent sifatida tarkibiga qo‘shishga urinadi. Aynan shu paytda uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetadi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik darvozabonni jamoaga olib kelishni «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spaletti shaxsan istamoqda.
Turin klubining kelasi mavsumdagi asosiy darvozaboni esa PSJ «Parma»dan sotib olishga tayyorlanayotgan Zion Suzuki bo‘lishi mumkin. Fransuz klubi yaponiyalik futbolchini xarid qilganidan so‘ng darhol ijaraga berishga tayyor.
Alisson 2018-yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Braziliyalik darvozabon oktabr oyida 34 yoshga to‘ladi.