«Barselona» gruziyalik futbolchini nishonga oldi
Kataloniya klubi Xulian Alvares transferi amalga oshmagan taqdirda 25 yoshli futbolchini sotin olishga harakat qiladi.
«Vilyarreal» hujumchisi Jorj Mikautadze «Barselona» qiziqish doirasiga tushdi.
25 yoshli futbolchi «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferi amalga oshmagan taqdirda kataloniyaliklar ko‘rib chiqayotgan muqobil variantlardan biri sifatida qayd etilgan. Bu haqda Barca Universal nashri Sport manbasiga tayanib xabar berdi.
«Barselona» allaqachon Gruziya terma jamoasi hujumchisining vakillari bilan bog‘langan. «Vilyarreal» esa Mikautadze transferi uchun 60–65 million yevro atrofida mablag‘ talab qilmoqchi.
Manbaga ko‘ra, Mikautadzening o‘zi ham «Barselona»ga o‘tish variantini ma’qullamoqda.
25 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum La Ligada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 6 ta assist qayd etgan.